11 oy yakunlariga ko‘ra, tashqi savdo aylanmasi pandemiyagacha bo‘lgan darajadan oshib, qariyb 38 mlrd dollarni tashkil etdi. Eksportning yarmidan ko‘pi oltin, rangli metallar va to‘qimachilik mahsulotlariga to‘g‘ri keladi. Rossiya bir necha yildan beri ilk marta Xitoyni O‘zbekistonning import bo‘yicha hamkorlarining birinchi qatoridan siqib chiqardi.
Yanvar-oktabr holatiga O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 32,6 mlrd dollarni tashkil etib, o‘n oylik davrda 7,8 mlrd dollarlik passiv tashqi savdo balansi kuzatildi. Tashqi savdo aylanmasi hajmi 2020 yilning mos davriga nisbatan 8,5 foizga oshganiga qaramay, 2019 yildagi ko‘rsatkichga (34,3 mlrd dollar) yetib kelganicha yo‘q.
2022 yilda O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish sur’ati 5,9 foizni tashkil etib, YAIM hajmi qariyb 840 trln so‘mga yetishi ko‘zda tutilmoqda. Tashqi savdo aylanmasi 46,3 mlrd dollarni tashkil etishi prognoz qilingan. Bundan tashqari, inflyatsiya darajasi 2022 yilda 9 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 28,2 mlrd dollarga teng bo‘ldi. Tashqi savdo saldosi 7,6 mlrd dollarni tashkil etdi. Uchinchi chorakda import hajmida eksport hajmiga qaraganda jadalroq o‘sish kuzatildi.
Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 25 mlrd dollarni tashkil etdi. Tashqi savdoda 6,4 mlrd dollar miqdorida passiv balans kuzatildi.
Afg‘oniston O‘zbekiston uchun eng yirik savdo bozorlaridan biri hisoblanadi. 2020 yilda O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 779 mln dollarni, 2021 yilning yanvar-iyun oylarida — 351,9 mln dollarni tashkil qilgan. «Gazeta.uz» ikki davlat o‘rtasidagi import va eksport tarkibi hamda O‘zbekistonning Afg‘onistondagi loyihalari haqida ma’lumotlar taqdim etadi.
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi hozircha pandemiyagacha bo‘lgan darajaga yetgani yo‘q, biroq o‘sishda davom etmoqda. 2021 yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra, tashqi savdo hajmi 13,6 foizga o‘sib, 18 mlrd dollarga yetdi. Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 10 ta hamkor davlatlar ro‘yxatiga Ukraina ham kirdi.
To‘rt oy davomida tashqi savdo aylanmasi 3,5 foizga kamayib, 10,3 mlrd dollarni tashkil etdi. Eksport 19,1 foizga — 3,5 mlrd dollargacha qisqardi, biroq oltin hisobga olinmagan eksport hajmi 26,7 foizga o‘sdi. Import 7 foizga — 4,7 foizgacha o‘sdi. O‘zbekiston rangli metallar, to‘qimachilik mahsulotlari va avtomobillar eksportini hamda oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar importini keskin oshirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting